Fayl tizimlari


      

Turli OT lar va tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan ko’pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma’lumotlarni joylamada joylashtirishning har xil printsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan fayl tizimi – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir.
FAT fayl tizimi.
FAT fayl tizimi, o’z nomiga quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo’lgan:
-           fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari);
-           disk makoni bo’sh sohalari;
-           diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega bo’lib, ma’lumotlarni o’qish va yozishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).
FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma’lumotlar sohasiga bo’linadi.

Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, ma’lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni o’z ichiga oladi; bu obhektlar ierarxiyani tashkil etadi, bu obhektlar ildiz katalogga bo’ysunadi.
Katalog elementi fayl obhektini tavsiflaydi, u oddiy fayl yoki fayl- katalog bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi. Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan):
-           yuklanish yozuvi (Boot Record, BR);
-           rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec);
-           fayllarni joylashtirish jadvali (FAT);
-           ildiz katalog (Root Directory, R Dir).

V FAT va FAT 32 fayl tizimlari

      FAT boshlang’ich fayl tizimi muhim xarakteristikalardan biri fayl nomlari 8.3 formatidan foydalanishdir. FAT standart tizimiga  (FAT 16 ko’z tutilmoqda) yana 2 ta, keng tarqalgan MS OT – Windows 95 va Windows NT uchun ko’rinishlari: V FAT (FAT virtual tizimi) va FAT 32 tizimidir. Hozirgi vaqtda FAT 32 – Windows Millennium Edition, Windows 2000 va Windows X’ tomonidan qo’llaniladi, bu FAT 32, tizimining Windows NT va Linux uchun ham ishlab chiqilgan versiyalari mavjuddir.
      FAT va V FAT fayl tizimlari asosiy kamchiligi, mantiqiy diskning kata o’lchamlaridagi klasterlashdagi yo’qotishlar va mantiqiy disk o’lchamiga  bo’lgan chegaralanilardir. SHuning uchun ham MS Win 95 OEM Service Release 2 uchun FAT 32 keldi. U to’liq mustaqil 32 razryadli fayl tizimidir va u olingi versiyalarga nisbatan ko’p mukammaliklarga egadir. Eng asosiysi, FAT 32 disk sohasini samarali sarflaydi.
NTFS fayl tizimi
NTFS (New Technology File System –yangi texnologiya fayl tizimi) fayl tizimi nomida yangi so’zi mavjuddir. Haqiqatda, NTFS fayl tizimi, taniqli FAT 16 (va hatto FAT 32)ga nisbatan sezilarli mukammalliklar va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan. Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan qaraganda, fayllar har doimdagidek (oldindagidek), Windows muhitida ishlash vaqtida ko’pincha “papka” deb ataluvchi kataloglarda saqlanadi. Ammo unda talay yangi xususiyat va imkoniyatlar paydo bo’ldi.
NTFS fayl tizimi asosiy imkoniyatlari.
NTFS ni loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga murojaatni chegaralash mexanizmiga, kengaytirilgan funktsionallikka , katta xajmdagi disklarni qo’llashga  va x.k.larga qaratildi. Bu tizim OS/2 V.3 doirasida ishlab chiqila boshladi, shuning uchun ham u H’FS fayl tizimi ko’pgina qiziqarli xususiyatlarini olgan.
Ishonchlilik. Yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va birgalikda foydalanish tizimlari, yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi kerak. Bu esa NTFS tizimining eng muhim elementidan iboratdir. NTFS tizimi, o’z-o’zini tiklashning mahlum vositalariga ega. Bu vositalar tizim yaxlitligi (butunligi) ni tekshiradigan, yahni tranzaktsiya jurnalini olib boradigan turli mexanizmlarni o’z ichiga oladi.
NTFS, qayta yuklanmasdan tinimsiz ishlashni tahminlashi muhim bo’lgan server fayl tizimi sifatida ishlab chiqilgani uchun, unda xuddi H’FS dagi kabi, defektli sektorlarni avariyali almashtirish mexanizmi ishonchlilikni oshirish uchun kiritilgan. Boshqacha aytganda, ma’lumotlarni o’qishda tizim rad etsa, u holda fayl tizimi bu ma’lumotlarni o’qishga va bu maqsad uchun disk makonini maxsus rezervlab qayta ko’chiradi, defekt joyini-sektorni belgilab, unga boshqa murojaat qilmaydi.
Fayl va kataloglarga murojaat chegaralari. NTFS fayl tizimi Windows NT OT i xavfsizlik obhekt modelini qo’llaydi va hamma tom, katalog va fayllarga  mustaqil obhekt sifatida qaraydi. NTFS tizimi xavfsizlikni fayl va kataloglar darajasida tahminlaydi. Bu degani, tom, katalog va fayllarga murojaat huquqi, foydalanuvchi hisob yozuvi va u mansub bo’lgan guruhga bog’liqdir. Foydalanuvchi har gal fayl tizimi obhektiga murojaat qilganida uning huquqi obhektning murojaatni boshqarish ro’yxatidan tekshiriladi (ACL). Agar foydalanuvchi zarur huquqga ega bo’lsa, uning so’rovnomasi qondiriladi, aks holda so’rovnoma rad etiladi.
Kengaytirilgan funktsionallik. NTFS tizimi mumkin bo’lgan kengaytirish hisobga olinib loyihalashtirilgan. Unda ko’pgina qo’shimcha imkoniyatlar aks ettirilgan- yuqori darajada buzilishlarga qathiylik, boshqa fayl tizimlari emulyatsiyasi, kuchli xavfsizlik modeli, ma’lumotlar oqimiga parallel ishlov berish va fayl atributlarini yaratish (foydalanuvchi belgilaydigan).
Windows 2000/X’ tizimlarida, NTFS fayl tizimidan foydalanishda kvotlashtirishni kiritish mumkin, bu foydalanuvchilar o’z fayllarini disk makonining ularga ajratilgan kvotasi chegarasida saqlashi mumkin.
NTFS tizimi katta disklar bilan ishlashni hisobga olib yaratilgan.
NTFS ruxsatlari-bu foydalanuvchilarning obhxektlarga murojaatini chegaralash uchun berilgan fayl va kataloglarning maxsus kengaytirilgan to’plami. Ular faqat NTFS fayl tizmi o’rnatilgan tomlarda  mavjuddir. Ruxsatlar moslanuvchan himoyani tahminlaydi, chunki ularni ham katalog, ham alohida fayllarga qo’llash mumkin;  ular lokal foydalanuvchilarga (himoyalangan papka va fayllar bo’lgan kompg’yuterlarda ishlaydigan) ham, tarmoq orqali resurslarga ulanadigan foydalanuvchilarga  ham mansubdir. Ruxsat va xuquqlarni chalkashtirib bo’lmaydi. Bular umuman har xil tushunchalardir.
NTFS ruxsatlari, birinchi navbatda, resurslarni shu resurs joylashgan kompg’yuterda  ishlayapgan foydalanuvchidan himoya uchun ishlatiladi. Ammo ulardan, masofadagi umumiy papkaga tarmoq orqali murojaat qiluvchi foydalanuvchilarga ham ishlatish mumkin.
NTFS ruxsatlar himoyani yuqori darajada tanlashni tahminlaydi: har bir papkadagi faylga o’z ruxsatini o’rnatish mumkin. Har bir foydalanuvchining ruxsatlari, mahlum amallar bo’yicha farqlanadi. Demak, har bir fayl obhekti o’zining murojaatini boshqarish ro’yxatiga ega.
Har bir fayl obhekti murojaat maskasiga ega (access mask-maska dostupa). Murojaat maskasi o’z ichiga standart (standard), maxsus (s’ecific) va qarindoshlik (generic)-murojaat huquqlariga ega:
-           standart murojaat huquqi-hamma himoya qilingan obhektlar uchun umumiy amallarni aniqlaydi;
-           maxsus murojaat huquqi, faylni obhektlarga mos bo’lgan asosiy huquqlarni ko’rsatadi;
-           qarindoshlik murojaat huquqlari tizimi tomonidan foydalaniladi, tslar standart va maxsus xuquqlarkombinatsiyasini aniqlaydi.
NTFS ruxsatlari Windows NT 4.0 va Windows 2000/X’ operatsion tizimlari uchun ruxsatlar har xil kelitirilgan.
NTFS ning Windows NT 4.0 dagi ruxsatlari. NTFS ning fayl va kataloglarga murojaati Windows 4.0 dagi ruxsatlari individual, standart va maxsus bo’ladi.
Individual ruxsatlar. Foydalanuvchiga u yoki bu tipdagi murojaatni berish imkoniyati individual ruxsatlar deyiladi. Windows NT 4.0 da bunday ruxsatlar 6 ta: o’qish (read), yozish (write), bajarish (execute), olib tashlash (delete), ruxsatlarni o’zgartirish (Change ‘ermissions) va egasini o’zgartirish (Take Ownershi’).
Standart ruxsatlar. Har gal individual ruxsatlarning kombinatsiyasidan foydalanmaslik uchun, NTFS ning standart ruxsatlari kiritilgan.
-           List - ko’rish
-           Add - qo’shish
-           Add & Read – o’qish va yozish
-           Change -o’zgartirish
-           Full Control – to’liq murojaat.
NTFS ruxsatlarini qo’llash. NTFS ruxsatlari foydalanuvchilar va guruhlar hisob yozuvlariga, xuddi umumiy tarmoq resusrlariga murojaat ruxsatlari kabi beriladi. Foydalanuvchi ruxsatni bevosita yoki ruxsati bo’lgan bitta  yo bir nechta guruh ahzosi bo’lib olishi mumkin.

0 Comments