Dunyodagi eng kuchli 500 ta kompyuter ro`yxati tuzib chiqildi.


Uchinchi bor Xitoyning “Tyanxe-2” superkompyuteri dunyodagi eng kuchli kompyuter deb topildi. U Xitoy mudofaa ilm-fani va milliy armiya texnika universitetida yig`ilgan, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”. 
Qurilma bir soniyada 33,86 kvadrillion kompyuter vazifasini bajaradi. Ikkinchi o`rinni AQShning Ouk-Ridj milliy laboratoriyasida ishlab chiqilgan  Titan kompyuteri o`rin oldi. Ushbu kompyuter bir soniyada 17,59 kvadrillion vazifani  bajaradi. Uchinchi o`rin AQShning Sequoia super kompyuteriga nasib etdi. Uning quvvati 17,17 kvadrillionga teng. 
Ushbu reytingda AQShning 233 ta, Xitoyning 73 ta, Yaponiyaning 30, Britaniyaning 30 ta, Fransiyaning 27 ta, Germaniyaning 23 ta hamda Rossiyaning 5 superkompyuteri joy olgan. 
Manba : darakchi.uz

0 Comments