Uchinchi chorakda smartfonlar savdosidagi eng katta o‘sish qayerda kuzatildi?

Uchinchi chorakda smartfonlar savdosidagi eng katta o‘sish qayerda kuzatildi?
Kuni kecha Canalys tahlil firmasi 2019-moliya yilning uchinchi choragiga doir navbatdagi hisobotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘tgan kvartalda smartfonlar savdosi bo‘yicha dunyodagi eng katta o‘sish Yevropa bozorida kuzatilgan. Bu haqida GSMArena sayti xabar bermoqda.
O‘tgan chorakda Yevropaga yetkazib berilgan jami smartfonlarning eng katta ulushi (30.4%) Samsung hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich bilan esa kompaniya 2018-moliya yilining uchinchi choragiga nisbatan 26% lik o‘sishga erishgan. O‘tgan yilning mos davrida koreys kompaniyasi 14.8 million smartfon yetkazib bergan edi.
Ikkinchi chorakda Yevropaga 8.5 million aqlli mobil qurilma yetkazib bergan Huawei esa (AQSh taqiqiga qaramay), 11.6 million dona smartfon sotishga erishgan. Shunday bo‘lsada, kompaniya umumiy moliya yili ichida savdolar hajmi bo‘yicha o‘sishga erishmadi. Lekin shunda ham, Yevropa bozorining 23.9% ulushiga egalik qilib, ikkinchi o‘rnini saqlab qola oldi.
9.8 million iPhone sotgan Apple esa uchinchi o‘rinni egalladi. Lekin yillik savdolar hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 4% kam bo‘ldi.Yillik 73% o‘sishga erishgan Xiaomi esa 5.5 million dona smartfoni bilan to‘rtinchilikni va bozorning 10.5% ulushini egalladi.
HMD Global esa 0.9 million dona qurilmasi bilan beshinchi o‘rinni band etdi va bozordagi 1.8% ulushga egalik qildi. Yillik 21% pasayishni boshdan o‘tkazgan bu kompaniya 2018-yilning uchinchi choragida 1.2 million smartfon sotib, bozordagi savdolarning 2.4% qismiga egalik qilgan edi.

manba : terabayt.uz

0 Comments