Texnika yangiliklari.

 Kembrij universiteti mutaxassislari Bitcoin elektron valyutasi mayningi (qo‘lga kiritish) uchun dunyoda sarflanayotgan umimiy energiya miqdorini baholash online-vositasini ishlab chiqishdi. Unga ko‘ra, barcha mayning tizimlari yiliga 59 TVt/s (teravatt soatiga) elektr energiyasini sarflashadi. Qiyos uchun, Shveytsariyada yiliga 59 TVt/s elektr energiyasi sarflanadi. Manba: https://www.cbeci.org

Knopkali telefonlar davri yana qaytib kelayotganga o‘xshaydi. Philips kuni-kecha Android operatsion tizimida ishlaydigan E518 modelini taqdim etdi. Apparat LTE uyali tarmoqlarida ishlay oladi va router sifatida boshqa qurilmalarga Internet tarqatib berishi mumkin. Knopkalari borligiga qaramasdan, qurilma ekrani sensorli. Manba: https://www.mobosdata.com/phone/philips-e518/

 Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri ma’lum qilishicha, uning Honor 10 smartfoni 5-qavatdan yerga tushib ketgan. Qurilmaning orqa va oldi qismlari parchalanib ketganligiga qaramasdan smartfon binoyidek ishlagan. Manba: https://www.weibo.com/u/2617817271

🤗Samsung “Tasvir beruvchi qurilma” nomi ostida yangi moslamaga patent oldi. Bu qurilma smartfon bo‘lib, motorchalar yordamida yoyilishi va planshetga aylanishi mumkin. Hozircha bu antiqa moslama Samsung muxandislarining faqatgina go‘yasi bo‘lib, kompaniya transformer qurilmalarga qanchalik qiziqayotganini ko‘rsatib turibdi. Manba: https://nl.letsgodigital.org/smartphones/nieuwe-smartphone-samsung-galaxy-fold/ 

0 Comments