Firefox Quantum

Mozilla kompaniyasi o‘z desktop brauzerining yangi talqini – Firefox 57’ni foydalanishga topshirdi. Bu haqda uning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Yangi talqin Firefox Quantum deb nomlanadi va u Firefox tarixidagi eng tezkor brauzer sifatida ilgari surilmoqda. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, yarim yil avvalgi brauzerdan ikki karra tezkorroq. Rasmiy saytida yozilishicha, Firefox’ning yangi talqini tizim resurslarini Google Chrome’dan ko‘ra naq 30 foizga kamroq sarflaydi.

Firefox Quantum talqini Stylo nomli qayta ishlangan CSS dvijogi bazasida ishlaydi. Unda ko‘p miqdorda ochilgan sahifalar bilan ishlashda tezkorlikni ta’minlash uchun varaqa (vkladka)larning ustunligi (prioriteti)ni belgilash bo‘yicha yangi texnologiya qo‘llaniladi. Bunda ayni damda foydalanuvchi tomonidan ishlatilayotgan varaqaga ustunlik beriladi, fondagi vkladkalarga esa resurs kam sarflanib turadi.

2 Comments