​​Instagram yangi funksiyani ishga tushirdi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ovozli xabarlar bilan almashish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning Twitter sahifasida ma’lum qilingan.

Ovozli xabar yuborish uchun  Direct᾽dagi mikrofon tugmachasini bosib, uni ovozli xabarni yozish vaqtida ushlab turish kerak bo‘ladi.

Ovozli xabarning maksimal vaqti esa bir daqiqani tashkil qilishi ma’lum qilingan.

Yozuvlarni bir necha marta eshitish mumkin, ular xabarlar tarixidan o‘chib ketmaydi.

Instagram 2010 yilning oktabr oyida paydo bo‘lib, butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Joriy yilning iyun oyida Instagram foydalanuvchilari soni bir milliardga yetdi.
manba: sof.uz

0 Comments