Ma'lumki
xozirgi kunda kompyuter grafikasi, dizayn, animatsiya, prezentatsiya kabi
terminlar ko'p ishlatilmoqda. Hammamizga ma'lumki xozirgi kunda WEB saxifalar,
elektron ishlanmalar, presentatsiyalar yaratish informatsion texnologiyalar
soxasida oldingi o'rinda turibdi. Kompyuter grafikasida
ikki xil grafika mavjud. Bular RASTER va VEKTOR grafikalar. RASTER grafikasi
piksellar (pixels) dan yani nuqtalardan tashkil topgan bo'ladi. Vektor
grafikasi esa matematik formulalari asosida, ma'lum bir matematik
qonuniyatlarga asosida bo'ladi. Raster grafikasi quyidagi formatlarda bo'ladi:
GIF
(Graphics Interchange Format) - ma'lumotlarni o'zgartiruvchi grafik format,
JPEG (Join Photographic Experts Group) - rasm bo'yicha ekspertlar birlashgan
guruxi, PNG (Portable Network Graphics) - yetkazib beruvchi grafik format va
shu kabilar (PSD,PDD,EPS,JP2,JP3,PNG,PXR,RAW,SCT,JPE,PDP) raster grafikasi
formatlari hisoblanadi.
Raster
grafikasidagi rasm, grafik piksellar (pixels) dan tashkil topadi. Har bir rasm
yoki grafikdagi har bir piksel o'z rangiga ega bo'ladi.Rasm yoki grafik eng
kamida ikki xil rangda, yani oq-qora ko'rinishda bo'ladi.
Macromedia Flash dasturi vektor grafikasiga asoslangan. Unda chiqilgan har ob'ekt xar qancha kattalashtirilmasin o'z sifatini o'zgartirmaydi. lekin unda foydalanilgan raster grafikasida rasm o'zi sifatini o'zgartiradi.
Macromedia Flash dasturi vektor grafikasiga asoslangan. Unda chiqilgan har ob'ekt xar qancha kattalashtirilmasin o'z sifatini o'zgartirmaydi. lekin unda foydalanilgan raster grafikasida rasm o'zi sifatini o'zgartiradi.
Umuman
olganda raster grafika bilan vektor grafikasi orasidagi farq quyidagicha:
Vektor grafikasida chizilgan rasm, grafik xaf qancha kattalashtirilsa ham o'z
sifatini o'zgartirmaydi va sifati buzilmaydi. Raster grafikasidagi rasmni
kattalashtirilganda, o'zgartirilganda (cho'zilganda, siqilganda) esa uning
sifati buziladi. Hozirda WEB saxifalarning oformleniyasi
(ko'rinishi) raster grafika asosida yaratiladi.
0 Comments