SSD nima uchun qimmatroq?

SSD (inglizcha solid state drive —
„qattiq 
yurituvchi“) maʼlumot saqlash uskunasi boʻlib, maʼlumotni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Flesh xotiradan farqli raishda, MHX qattiq disklarni oʻrnini bosish maqsadida shaklan va ishlash jihatidan unga oʻxshatilgan boʻladi. Shuningedek MHXda flesh xotira oʻrniga DTMX yoki O'TMX dan foydalaniladi, va koʻpincha Tasodifiy Murojaat Xotira qurilmasi deb ham ataladi.Mustahkam holat atamasining asl maʼnosi elektron quvurlar oʻrniga yarim oʻtkazgichlardan foydalanganligini bildirsada, ushbu oʻrinda buning maʼnosi qurulmaning harakatlanuvchi mexanik qismlari yoʻqligini ham anglatadi. Buning hisobiga xotiraga boʻlgan murojaast (oʻqish va yozish) tezligi yuqori boʻladi va sarflanadigan vaqt ham juda kam boʻladi.1978 yil StorageTek kompaniyasi birinchi mustahkam holdagi xotira qurilmasini ishlab chiqdi. 1980 yilga kelib Santa Clara Systems „BatRam“ dunyoga tanishtirdi, u 1 megabit massivdagi DIP TMX sxemalariga asoslanib, qattiq diskni emulyatsiya qilish uchun maxsus moslamga ega edi. Sharp yapon kompaniyasining 1983 yilda chiqargan „Sharp PC-5000“ noutbuklarida 128 kilobayt mustahkam holatdagi xotiradan foydalanilgan edi. TMX qurilmalar 1980 yilda tizimni boshlash uskunasi (booting media) sifatida juda mashxur boʻlgandi. Bunga asosiy sabab qattiq disklarning qimmatligi va epchil disklarning murojaat tezligini pastligi boʻlgan.

0 Comments