Rossiyada allaqachon 5G tarmog‘ida golografik qo‘ng‘iroq qilib ko‘rsatishdi! (+video)

Moskva shahridagi Xalqaro savdo markazida 12–13 dekabr kunlari «Rossiya Internet Haftaligi2019» yillik yuksak texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llagan holda mamlakatda ilk bora golografik qo‘ng‘iroq amalga oshirildi.




Mazkur aloqa Huawei hamda «MTC» kompaniyalarining birgalikdagi ishlanmalari orqali amalga oshirildi. Tajriba davomida Moskva hamda Kronshtadt shahri orasida ikki tomonlama videotranslyasiya o‘rnatildi. Qo‘ng‘iroqning har ikki tomondagi ishtirokchilari o‘z suhbatdoshlarini golografik 3D-tasvir tarzida, real vaqt rejimida ko‘rib turdi.
Huawei korporatsiyasining Yevroosiyodagi bosh direktori Eyden U so‘zlariga ko‘ra, 5G kirib kelishi bilan shu kabi texnologik yechimlar yordamida ko‘plab sohalarda tub o‘zgarishlar yuz beradi. Ushbu kompaniya O‘zbekistonda ham 5G-texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashmoqda.
Manba: terabayt.uz

0 Comments